Qaynona va kelin munosabati
Assalomu alaykum! Ayolim yangi kelinlik payti (2014 yilda turmush qurganmiz)da onamga tez-tez gap qaytarar edi, shu bois onamni ko‘ngillaridan qolgan. Keyinchalik farzanlarim tug‘ilib ayolim xam ancha bosilib qoldi, lekin onda-sonda xali xam o‘rtalarida mo‘jaro bo‘lib turadi, to‘g‘ri ko‘pchilikda kamchilik bo‘lgani singari ayolimda xam kamchilik bor, onamga eski davrdagi urushlar miyalariga joylanib qolganmi bilmayman doim ayolimdan xatolik topaveradilar. Ba’zan aytganlari bo‘lmay qolsa yoki onam xoxlamagan biror narsani so‘rab iltimos qilsa darrovda urushib qolishadi. To‘g‘ri u xam so‘rashni, gapirishni bilmaydi. Men xozir Rossiyadaman. U xozir xomilador, u bu narsaga pul so‘ravotti. Oldingi safar pul so‘raganda onamga jo‘natib, ul bul olib bering desam shunga xam kungilsizlik bo‘libdi. Shunga ayolim menga jo‘natib turing ba’zan devotti. Onamga aytmasdan unga xam ozroq pul jo‘natsam bo‘ladimi? Oilasida bitta ukasi ishlaydi xolos, otasi yoshligida vafot etgan. Shuning uchun o‘z uyidan pul so‘rolmaydi. Qolaversa bu mani erlik burchimligini xam bilaman. Faqat o‘rtada onam borliklari uchun ulardan beso‘roq ish qilolmayman, Allohdan qo‘rqaman. Shu holatlardan kelib chiqib nima maslahat berasiz, onamni ishlari to‘g‘rimi, bu erda gap kimda va onamga aytmay ozgina ayolim xarajatlariga pul jo‘natsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taom va kiyim-kechak bilan ta’minlash zimmangizdagi vojibdir. Shunga kifoya qiladigan miqdorni ayolingizning shaxsan o‘ziga yoki boshqa inson vositasida pul yoki buyum ko‘rinishida berishingiz shart. Bundan ortig‘ini berishda esa ota-onangizning rioyasini qiling. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 14:50 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush