Kelinning oyog‘ini yuvish?

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, Shayx Hazratlari!ALLOHim din yo’lida qilayotgan ezgu amallaringizni davomiy qilsin, sizni xalqlarning hidoyatiga sababchi qilsin! Sizga “Oila va nikoh risolasi” (Fazluddin Iqroruddin) kitobi xususinda savolim bor edi, ushbu kitobda keltirilgan ma’lumotlarga qanday munosabatdasiz? Oila va nikoh risolasi. Fazluddin IqroruddinIqtibos:1. Nikoh paytida xutba o‘qish ham sunnat. Shuningdek, kelin-kuyovning boshidan sochqi (qand, bodom va tangalar) sochish va odamlarning sochqilarni tabarrukan shitob bilan terib olishlari ham sunnat - ? hisoblanadi. (9-bet) 2. Sunnatlardan yana biri kuyov chimildiqqa ilk bor kirganda kelinning oyoqlarini yuvib, suvini uyning burchaklariga sepishdir. - ? Zero, bu amal tufayli ushbu xonadonga fayzu baraka yog‘iladi.Mazhabimizdagi asosiy fiqh kitoblaridan biri bo‘lgan “Muxtasar ul-viqoya”ning turkiy sharhi “Majma’ ul-maqsud”da quyidagi hadisi sharif keltirilgan. Abi Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ba’zi sahobalariga vasiyat qilib dedilar:“Qachonki, yangi olgan xotining uyingga kelsa, o‘tirgan zamonida oyog‘idagi mahsisini echib ol. Ikki oyog‘ini yuv, oyog‘idan musta’mal bo‘lib tushgan suvni uyning eshigiga (ostonasiga) va (to‘rt) burchagiga sep. Shunday qilsang, Xudoi taolo sening hovlingdan etmish xil faqirlikni chiqargay va etmish xil g‘aniylikni (boylikni) kirgizgay. Va etmish rahmatni senga nozil qilgay, u rahmat jufting ustida tebranib turgay, toki u rahmatning barakasi uyingning hamma burchaklariga etgay va u xotin, har qachonkim shu hovlida bo‘lsa, jinni bo‘lmoqdan va maxov bo‘lmoqdan va pes bo‘lmoqdan omon bo‘lgay”. (10-bet)3. Ahli bilan jinsiy aloqa qilishdan oldin ushbu duoni o‘qishi lozim: “Allohumma biismika istahlaltu farjaho va biamonatika axaztuho, Allohumma famo qazayta shay’an min rahimiho faj’alhu barran taqiyyan vaj’alhu musliman saviyyan valo taj’al mufsidan sharikan lishshaytoni”. Ma’nosi: “Ey Allohim! Sening noming bilan buni o‘zimga halol qildim va sening omonating bilan uni oldim. Parvardigoro, buning rahimida (bachadonida) nimaniki hukm etsang, uni yaxshi amalli, taqvodor chin musulmonlardan qil va shaytoni la’inning fasodkor sheriklaridan qilib qo‘yma!” (10-bet) - ?Biz kabi oila qurish arafasida turgan yoshlarga oila borasida qanday kitoblarni o’qishni maslahat berasiz, hazrat Ota-Onam va ahli oilamizning haqqiga ALLOHdan hidoyat so’rab ularga Islom haqiqatini bildirishini so’rab duo qiling, iltimos!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Hadis va Hayot» silsilasining 13-juzi «Nikoh» kitobini o‘qishni tavsiya qilaman. Siz keltirgan iqtiboslar asli zaif gaplar.- Alloh taolo barcha bandalari qotori ota-onangizni ham siroti mustaqiymda barqaror qilsin!

27 Aprel 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar