Erim ko‘p yolg‘on gapiradi

Assalomu alaykum! Erim haddan ortiq ko‘p yolg‘on gapiradi. Yolg‘on gapirgan odamni hurmat qilgim, gaplashib o‘tirgim kelmaydi, fikriniyam qadrlamayman. Oddiy gapgayam bitta yolg‘on qo‘shvoradilar. Yoki bu kasallikmi? Har qanaqasiga gapirib ko‘rdim. Shu haqida amru ma’ruflar eshittirdim. “Sizni yomon ko‘rib ketaman yolg‘on gapirsangiz, ko‘rgimam kelmaydi”, dedim. Namozlarimda Allohdan to‘g‘ri so‘z bo‘lishini so‘rayman, baribir foyda yo‘q. Keyin gapirgim, qaragim kelmaydi. Shu odatim erni behurmat qilishlik, manmanlikka kirib qolmasmikan? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu surunkali kasallik. Hozir davolanishga kirishmasa oqibati o‘ta ayanchli bo‘ladi. عَنْ صَفْوَانَ بْنِ سُلَيْمٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: قِيلَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  : أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ جَبَاناً؟ فَقَالَ: نَعَمْ». فَقِيلَ لَهُ: أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ بَخِيلًا؟ فَقَالَ: نَعَمْ». فَقِيلَ لَهُ: أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ كَذَّابًا؟ فَقَالَ: لَا . رَوَاهُ مَالِكٌ Imom Molik rivoyat qilgan hadisi sharifda Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhu aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Ha», dedilar.
«Mo‘min baxil bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Ha», dedilar.
«Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Yo‘q», dedilar».
(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar