Ruh va illiyyin haqida
Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Bir domla aqiqa va boshqa marosimlarda bir mavzuni tez tez takrorlaydi. U mavzu ruh va illiyyin haqida. U kishining aytishicha, ruh chiqqandan so‘ng mo‘min bo‘lsa illiyyinga borib joylashadi. Illiyyin osmonda gantel shaklidagi narsa. 1989-yil avgust oyida kosmonavtlar kemasi illiyyinga urilib halokatga uchragan emish. Shu to‘g‘rimi? Bu gapni eshitib ba’zi bir dahriy o‘qituvchilar ham kulishdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Illiyyin Qur’oni Karimda zikr qilingandir. Yo‘q!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadir. Yo‘q! Qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar bo‘lmag‘ur gapni aytadilar. Qiyomat albatta qoim bo‘ladi. U kunda, avval aytib o‘tilganidek, fojirlar azoblarga duchor bo‘ladilar. Abrorlarning kitoblari esa «illiyyiyn»da bo‘ladi. 19. «Illiyyiyn» ne ekanini senga nima bildirdi?! Ya’ni «Sen «Illiyyiyn» nima ekanini qaerdan ham bilar eding, uning mohiyati shunday kattaki, sen uni idrok eta olmaysan. Bilib qo‘y! 20. U yozilgan kitobdir. «Illiyyiyn» lug‘atda «uluv» – «oliylik» so‘zidan olingan bo‘lib, «eng oliylik» degan ma’noni bildiradi. Ushbu oyatning ta’rifidan esa u abror odamning bu dunyoda qilgan kattayu kichik amallari yozib yurilgan «nomai a’mol» kitobi ekanini bilib olamiz. «Illiyyiyn» jannatning eng oliy, yuqori darajasidir. Demak, abror – yaxshi bandalarning amallari yozilgan kitoblari o‘zlari abadiy qoladigan joyda – jannatda turadi. Ularning yaxshilik alomati ekaniga yana bir belgi bu! 21. Unga muqarrab(farishta)lar shohid bo‘lurlar. Ha, Alloh taolo taqvodor mo‘min bandalarning nomai a’mol kitoblarini oliymaqom joyga qo‘yish bilan kifoyalanib qolmasdan, U Zotga muqarrab farishtalar unga guvoh ham bo‘ladilar. Nomai a’mol kitoblari ana shunday ehtiromga sazovor bo‘lganidan keyin... - Domlaning aytganlari haqiqatda kulgilidir. Achinish darajasidagi kulgilidir. Kosmik kema urilishi mumkin bo‘lmagan narsaga urildi deyish kulgili. Agar shu gap bo‘lganida dunyo xabardor bo‘lar edi. Shuning uchun imom domlalar o‘ta ma’rifatli shaxslar bo‘lishlari kerak.
26 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar