Majburlanganning taloq aytishi

Assalomu alaykum! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Oltin silsila kitobining 19-betida shunday yozilgan ekan. Ya’ni Nabiy solallohu alayhi vasallam o‘zining zaririga iqror bo‘lgan kishiga: Telba emasmisan deganlar. Keyin Usmon roziyalloxu anxu: majnunning xam, mastning ham talog‘i tushmaydi degan ekanlar. Ibn abbos roziyalloxu anxumo aytadi: Mastning va majburlanganning talog‘i o‘tmaydi degan ekan. Sizlar mast odamning talog‘i o‘tadi degansizlar nega? Buyuk sahoba o‘tmaydi deb turubdilarku. Keyin sizlar bergan bir javobda o‘qigan edim: Majburlanganning talog‘i o‘tadi degansizlar. Ibn Abbos esa majburlanganning talog‘i o‘tmaydi deganlar. Qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo “mukrah” ya’ni “majburlangan” deb qanday odamga aytilishini o‘rganishingiz kerak. Shariatimizda o‘lim bilan yoki biror a’zosiga talofat etkazish bilan yoki o‘limsangi qilib uradigan darajada majburlansa va majburlagan odam bunga qodir bo‘lsa majburlangan deyiladi. Ota-onaning majburlashi mukrahning shartiga aslo tushmaydi. Siz Ibn Abbos roziyallohu anhuning muqobiliga bizni qo‘ymang. Biz hanafiy mazhabida bo‘lganimiz uchun mazhabimiz fatvolarini naql qilib keltiryapmiz. Siz bitta hadis o‘qibsiz. Boshqa hadislarni ham o‘qisangiz taloq tushishini bilar edingiz. Siz taloq tushadi degan ulamolar  siz o‘qigan hadisni o‘qimagan yoki aqli etmagan deb o‘ylaysizmi?! Shuning uchun 1-2ta hdisni o‘qib hukm chiqarmasligingiz kerak. Mabodo biror odam mukrah shartiga tushsa Sha’biy, Ibrohim an-Naha’iy, Abu Qiloba, ibn Musayyib, Qozi Shurayh, Zuhriy, Qatoda, Sa’id ibn Jubayr, Abu Hanifa va u zotning barcha ashoblari taloq tushadi deganlar. Ibn Umar roziyallohu anhudan ham shunday rivoyat qilngan Umar ibn Abdulaziz ham shunday deganlar. Ibrohim Naxa’iy, Zuhriy, Hasan Basriy, Sa’id ibn Musayyib, Sha’biy, Avzo’iy, Sufyoni Savriy, Abu Hanifa va imom Molik va ulardan tashqari juda ko‘p ulamolar mstning qo‘ygan talog‘i tushadi deganlar. Imom Shofe’iyning sahih qavli ham shudir. Ahmad ibn Hanbaldan marjuh rivoyat ham bor. Ota-ona yoki boshqa birortasi erni taloq qilishga majburlasa ayolining ismi Gulnora bo‘lsa Gulnozaga uch taloq desa taloq tushmaydi.  عن ابن عمر رضي الله عنهما قال : طلاق الكره جائز . ( المصنف لعبد الرزاق الآثار 46۷ / ۲ رقم : 4۵۵۷ )
 عن عمر بن عبد العزيز يقول : طلاق السكران والمكره جائز . ( شرح معاني صحيح . ( الدر المختار مع الشامي 438 / 4 ويقع طلاق كل زوج بالغ عاقل . ... ... . ولو عبدا أو مكرها ، فإن طلاقه احسن الفتاوى 164 / 5 زكريا ، الفتاوى التاتارخانية ) فتط والت تعال اسلام ۳۹۰ / 4 رقم : ۲۰۱۲ زكرياVallohu a’lam!

4 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 208 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar