Zilzila paytida
Assalomu alaykum! Ustozlar, bir maqolani o‘qib qoldim. mexrob.uz saytidan jo‘natilgan ekan. Unda aytilishicha «Bandalardan hech kim Allohning azobidan o‘zini hotirjam va omonlikda his qilishi mumkin emas. Oyatda aytilganidek, faqat ziyon ko‘ruvchilargina bundan o‘zlarini xotirjam his qiladilar» Men er qimirlagan payt qo‘rqmayman ba’zilar vaxima qilib ko‘p qavatli uydagilar ko‘chalarga qochib tushishadi. Shu hotirjamligim oyatda aytligandek emasmi? Maqolani https://mehrob.uz/index.php/maqolalar/item/598-zilzila-vaqtida
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta zilzila vaqtida ham musulmon hotirjam bo‘lmasligi kerak. Aksincha “bu bizning gunohlarimiz sababi er yutishi emasmikin” deb tavbaga shoshilish kerak. Bu degani o‘tirgan joyidan qochib ketsin degani emas. Qattiq shamol tursa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga shoshilar edilar. Chunki oldingiz ummatlarning qilgan gunohlari evaziga shu kabi balolar yuborilishi Alloh taoloning sunnatidandir. Zilzila ham shular jumlasidandir. Bu kabi voqealarga tabiat xodisasi deb beparvo bo‘lish Allohning makri(hech kimsani aqli etmas ish qilishi)dan hotirjam bo‘lishdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar