May oyida to‘y qilish
Assalomu alaykum! Mening to‘y kunimizni may oyiga belgilashdi. Bu oyda to‘y qilsa bo‘ladimi? Oldindan kotta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda falon kunda to‘y qilmasin degan gapning o‘zi yo‘q. Qaysidir kunda to‘y qilish joiz emas deganlar shariatga qo‘shimcha kiritgan hisoblanadilar. Alloh taolo “Tavba” surasida :اتَّخَذُواْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُواْ إِلاَّ لِيَعْبُدُواْ إِلَهًا وَاحِدًا لاَّ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ31. Allohdan boshqa o‘zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar. Vaholanki, ular faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar. Undan o‘zga iloh yo‘q. U ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. «Hibr» yahudiylarning diniy olimidir. «Rohib» esa nasorolarning diniy odamidir. «Allohdan boshqa o‘zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar». «Ahli kitoblar qanday qilib hibr va rohiblarni Robb – Parvardigor tutishlari mumkin?» degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Buni nasoro va yahudiylarning o‘zlari ham inkor qiladilar. Lekin gap tamoman boshqa yoqda. Bu nozik masalani tushunish uchun Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning sharhlariga quloq tutsak, yaxshi bo‘ladi. Imom Ahmad va imom Termiziylar Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «U kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning da’vatlari etganda, Shomga qochib ketgan ekan. Johiliyat davrida Adiy ibn Hotim roziyallohu anhu nasroniylik diniga kirgan ekan. Uning singlisi va qavmidan bir jamoa odamlar musulmonlar qo‘liga asirga tushibdi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning singlisini ozod qilib, hadyalar beribdilar. Singil borib, akasini Islomga targ‘ib qilibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borishga undabdi. Mashhur Hotim Toiyning o‘g‘li bo‘lmish Adiy o‘z qabilasining boshlig‘i ham edi. U Madinaga borganida, odamlar uning kelgani haqida gap tarqatishdi. U bo‘yniga kumushdan yasalgan xoch taqqan holida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kiradi. Shunda u zot «Ular Allohdan boshqa o‘zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar» oyatini tilovat qilayotgan edilar. Adiy roziyallohu anhu aytadilarki: «Men: – Ularga hech ibodat qilishgani yo‘q, – dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: – Lekin ularga halolni harom qildilar va haromni halol qildilar, ular esa ergashdilar. Ana o‘sha ularga ibodat qilishdir, – dedilar». Bundan ko‘rinib turibdiki, biror shaxs yoki narsani xudo deb e’tiqod qilish bilangina shirk bo‘lmas ekan, balki hayotda shariatning ko‘rsatmalarini qo‘yib, boshqaning ko‘rsatmalarini olish bilan, jumladan, halol-haromni ajratishda Allohning aytganidan boshqaning aytganiga yurish bilan ham shirk keltirish sodir bo‘lar ekan. Yahudiylar va nasorolar o‘z hibrlari va rohiblarini xudo deb e’tiqod qilishgani yo‘q, qilmaydilar ham. Lekin ularning aytganlariga bo‘ysunganlari, ya’ni halol, deganlarini halol, harom, deganlarini harom deb bilganlari uchun shirk keltirgan, ularni Robb qilib olgan hisoblanmoqdalar. Kim Allohdan boshqaning hukmini ixtiyor etsa, shirk keltirgan bo‘ladi. Boshqani Robb qilib olgan hisoblanadi. Bunday odamlar er yuzida Allohning hokimiyatiga qarshi chiqqan odamlar sanaladilar. Holbuki, «Vaholanki, ular faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar». Ammo ahli kitoblar bu amri ilohiyga amal qilmadilar. Yahudiylar va nasorolar o‘z hibrlari va rohiblarini Robb tutdilar. Bu ayni Allohga shirk keltirishdir. Chunki «Undan o‘zga iloh yo‘q. U ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir». ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush