Zavol sunnati namozidan savol
Assalomu alaykum Xazrat. Sizga yana savol bilan murojaat qilmoqdaman, savolimda hatolar bo‘lsa uzr.Savolim: Hadis va Hayot kitobining 7-juz 95-bet 896. Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:" Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Peshindan oldingi, bir salom bilan bo‘lgan to‘rt rakat namozga osmon eshiklari ochulur", dedilar". Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziyda: " Nabiy sollallohu alayhi vasallam quyosh zavolga ketgandan so‘ng, peshindan oldin to‘tr rakat namoz o‘qir edilar va: " Albatta, bu soatda osmon eshiklari ochulur, ana o‘shanda mening solih amalim unga ko‘tarilishini yaxshi ko‘rurman", der edilar", deyilgan. Aytingchi Xazrat osmon eshiklari shu namozni o‘qigan insongagina ochiladimi yoki har kuni shu vaqitta osmon eshiklari ochiladimi? Man shu hadisni o‘qiganimdan buyon shu namozni o‘qiyman, fqat qaysi vaqtda Quyosh zavolga ketishini bilmaganim uchun bir imomdan so‘raganimda xar yil chiqadigan (Taqvimga) qarang taqvimda peshin vaqtini ko‘rsatilgan, shu ko‘rsatilgan vaqtidan o‘n minut o‘tkazib o‘qiysiz deganlar shu imomni aytganlaridek qilib o‘qisam to‘g‘ri bo‘ladimi? Qimmatlik vaqtingizni ayamay savolimga javob berganingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imomning aytganlari to‘g‘ri.
4 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imomning aytganlari to‘g‘ri.
4 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 168 | Namoz