"Qushlar ila sayohat" kinosi haqida
Assalomu alaykum! 1. Ustozlar, turk tilidan Basmalatv ijodkorlari tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan "Qushlar ila sayohat" kinosini ko‘rsak bo‘ladimi? Bu kino Fariduddin Attor rahimahullohning "Mantiq ut-tayr" asarlaridan ta’sirlangan holatda olingan ekan. Ushbu kinoning 4-qismida Rasulimiz alayhissalomga nisbat berilgan holda "Nonni hurmat qiling. Alloh taolo uni osmonlarning barakasidan tushirgan" deb aytgan ekanlar, degan gapni aytdi. Ustozlar, shunday hadis mavjudmi? 2. Ustozlar, Fariduddin Attor rahimahullohning "Tazkiratul avliyo" kitoblari mustaqil o‘qish niyatida edim. Tushunmagan joylarim ko‘p bo‘lsa, sizlarga murojaat qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisning birinchi jumlasi “Nonni ikrom(hurmat qiling)” sobit, qolgani zaif hisoblanadi. Biz bu filmni ko‘rmaganimiz shuning uchun, u haqida hech narsa ayta olmaymiz. "Tazkiratul avliyo" kitobini ham o‘qisangiz bo‘ladi, lekin sizga avval farzi ayn bo‘lgan ilmlarni o‘rganishni tavsiya qilamiz. Aqiyda, fiqh, qiroat, hadis kabilarni. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar