Qazo namozini adadini bilmaslik

Assalomu alaykum! 1. Men namoz o‘qishni boshlaganimda maktabda o‘qir edim. Darsimiz soat 13:15 boshlanardi. Men kech qolmaslik uchun peshin namozini uyda vaqtliroq (12:15larda) o‘qib ketardim. O‘sha payt diniy ma’lumotim kam bo‘lgan. Shunday o‘qisam bo‘laveradi deb o‘ylaganman. Hozir o‘ylab nima qilishimni bilmay qoldim. Agar qazo o‘qish kerak bo‘lsa kancha o‘qishni aniq bilmayman. Bunday holatda shariatimiz nima deydi. 2. Shu paytgacha nechta qazo namozi o‘qigan bo‘lsam hammasida bir xil (masalan, "bomdod namozining qazosini" deb niyat qilib o‘qirdim. Shu to‘g‘rimi?.Yoki "oxirgi bomdod namozining qazosini" deb o‘qishim kerakmidi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahmin qilasiz, gumoningizni g‘olibini olib o‘qiyverasiz. 2). "oxirgi bomdod namozining qazosini" deb o‘qishingiz kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar