Go‘zallik salonida ishlashim gunohmi
Assalomu alaykum. Savol javoblardan o‘zimda juda ko‘p hulosalar olaman, lekin o‘zimni kasbim haqida juda ko‘p o‘ylayman. Go‘zallik salonida ishliman, qosh teraman, soch kesaman. Bu ham gunohmi, soch kestirishga qosh terishga o‘z hohishlari bilan kelsa ham gunohi menga yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz aytgan qosh terish to‘g‘risida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq gapirganlar. Uning evaziga olganingiz ham pok emas. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ اللهُ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ، وَالنَّامِصَاتِ وَالْمُتَنَمِّصَاتِ، وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللهِ، فَبَلَغَ ذَلِكَ امْرَأَةً مِنْ بَنِي أَسَدٍ تَقْرَأُ الْقُرْآنَ اسْمُهَا أُمُّ يَعْقُوبَ، فَأَتَتْهُ فَكَلَّمَتْهُ فَقَالَ: وَمَا لِي لَا أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ فِي كِتَابِ اللهِ، فَقَالَتِ الْمَرْأَةُ: لَقَدْ قَرَأْتُ مَا بَيْنَ لَوْحَيِ الْمُصْحَفِ فَمَا وَجَدْتُهُ، قَالَ: لَوْ قَرَأْتِيهِ لَوَجَدْتِيهِ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: - وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا-، قَالَتِ الْمَرْأَةُ: إِنِّي أَرَى شَيْئًا مِنْ هَذَا عَلَى امْرَأَتِكَ الْآنَ، فَقَالَ: اذْهَبِي فَانْظُرِي، فَدَخَلَتْ عَلَى امْرَأَتِهِ فَلَمْ تَرَ شَيْئًا، فَعَادَتْ فَقَالَتْ: مَا رَأَيْتُ شَيْئًا، فَقَالَ: أَمَا لَوْ كَانَ ذَلِكَ لَمْ نُجَامِعْهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Alloh husn uchun vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni va tish orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartuvchilarni la’natlasin», dedi.
Bu gap Banu Asadlik Qur’on qiroat qiladigan Ummu Ya’qub ismli ayolga etdi. U kelib bu haqda so‘radi. Bas, u:
«Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan kimsani la’natlamas ekanman? Holbuki, bu Allohning kitobida ham bor», dedi.
«Mushafning ikki muqovasi ichidagi hamma narsani o‘qidim. Buni topmadim», dedi ayol.
«(Yaxshiroq) o‘qiganingda uni topar eding. Alloh taolo: «Rasul sizga nimani bersa, o‘shani olinglar va nimadan qaytarsa, o‘shandan qaytinglar», degan», dedi u.
«Shu narsadan ba’zisi sening xotiningda ham bor, deb o‘ylayman», dedi ayol.
«Borib, qara», dedi u. Ayol uning xotinining oldiga kirib, hech narsa ko‘rmadi va qaytib kelib:
«Biror narsa ko‘rmadim», dedi.
«O‘sha narsa bor bo‘lganida, u bilan jam bo‘lmas edik», dedi Abdulloh».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu rivoyatni sinchiklab o‘rgansak, muolaja qilinayotgan masalaga oid ko‘pgina nozik jihatlarni anglab olishimiz mumkin.
Ma’lumki, rivoyatlarning avvalida keladigan «Abdulloh»dan murod ulkan sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudirlar. U kishi ayollar ichida sodir bo‘lib turadigan ba’zi noshar’iy ishlarning sababchisi bo‘ladigan ayollarni qoralab:
«Alloh husn uchun vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni va tish orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartiruvchilarni la’natlasin», dedi».
Ushbu jumlada besh turli ayollar la’natlanmoqda:
1. «Vashm qiluvchi ayollarni»
2. «Vashm qildiruvchi ayollarni»
Bu ikki toifadagi ayollar kimligini yuqorida o‘rgandik.
3. «Mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni»
Bular mo‘ychinak ila ayollarning qoshlari, peshonalari, yuzlaridagi tuklarni teradilar.
4. «Mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni»
Bular chiroyli ko‘rinish maqsadida qoshlari atrofidagi tuklarni mo‘ychinak ila terdirib, qoshlarini ingichka qildiradilar. Shuningdek, boshqa joylaridagi tuklarni ham terdiradilar.
5. «Tish orasini ochuvchilarni»
Bular sog‘ tishlarini egovlab, orasini ochishadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar