Tirik qo‘yning yog‘ini eyish

Assalomu alaykum! Bir brodarm parojna sotadi bir kun bir ishiga guvohi bo‘ldim u parojnani tortganda idishi ham ozidan bo‘lib uni ham ichiga kirgizdi yani (kilosi 20000 bo‘lsa 0.250gr=8000som) u sherigim idishni ham marojnaga qoshvoradi idishni tarasini chiqarmaydi va xaridorlarga idishni chiqarmasam sizlarga foyda bo‘ladi idish marojnani ichida bo‘lsa 100 somga tushadi agar idishni taradan chiqarsam 100somdan oshib ketadi deydi. Meni oylantirgani idishni taradan chiqarmasa ribo bo‘lib qolmaydimi yoki ikki tomon rozi bo‘lsa to‘g‘ri bo‘laveradimi? 2). Qo‘yfurushlar aytadi semiz qo‘yni dumbasi semizligidan yorilib ketarkan agar semiz qo‘ydan yog‘ oqsa u yo‘g‘ga najosat aralashmasa istemol qilsa bo‘ladi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hammasini alohida hisoblash kerak.
2). Tirik qo‘ydan ajralib chiqqan go‘sht va yog‘ halol bo‘lmaydi. عن أبي واقد الليثي رضي الله عنه قال: قال رسولُ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ما قُطِع من البهيمة وهي حيةٌ فهو مَيْتٌ؛ أخرجه أبو داود، والترمذي Abu Voqid allaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Go‘shti eyiladigan hayvonlar tirik holida ulardan kesib olingan qismi o‘limtikdir” deganlar.
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar