Aksa urish
Assalom alaykum! Bir islomiiy jurnalda, “Odam aksa urganida yuragi bir to‘xtab qayta urib ketar ekan. Shuning uchun qayta tug‘ilganiga “Alhamdulillah” deb qayta musulmon bo‘lishi kerak” deb o‘qigan edim. Agar aksa ursayu “Alhamdulillah” demasa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sunnatni tark qilgan bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: حَقُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ سِتٌّ، قِيلَ: مَا هُنَّ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: إِذَا لَقِيتَهُ فَسَلِّمْ عَلَيْهِ، وَإِذَا دَعَاكَ فَأَجِبْهُ، وَإِذَا اسْتَنْصَحَكَ فَانْصَحْ لَهُ، وَإِذَا عَطَسَ فَحَمِدَ اللهَ فَشَمِّتْهُ، وَإِذَا مَرِضَ فَعُدْهُ، وَإِذَا مَاتَ فَاتَّبِعْهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning musulmondagi haqqi oltitadir», dedilar. «Ular qaysilar, ey Allohning Rasuli!?» deyildi. «Qachon uchratsang, unga salom ber, qachon seni da’vat (taklif) qilsa, unga ijobat qil, qachon sendan nasihat so‘rasa, unga nasihat qil, qachon aksa ursa va Allohga hamd aytsa, unga yaxshilik tila, qachon bemor bo‘lsa, uni borib, ko‘r va qachon vafot etsa, hozir bo‘l», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. «Qachon aksa ursa va Allohga hamd aytsa, unga yaxshilik tila». Har bir musulmon aksa urganida «Alhamdu lillah» deyishi lozim. Uning aksa urib, hamd aytganini eshitgan musulmon birodariga esa unga «Yar-hamukallohu», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb yaxshilik tilamog‘i burchdir. Sirtdan arzimaydiganga o‘xshab ko‘rinadigan bu ishga Islom alohida e’tibor berishi ham kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga omil bo‘lishi turgan gap. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim