Qasam haqidagi hadis
Olamlarning RobbiAllohgahamdu sanolar bo‘lsin!Payg‘ambarimizMuhammad sollallohualayhi vasallamga salovotu salomlarbo‘lsin!Assalamu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu!Agar qasam ichishdan oldin Inshaalloh desa,qasamiga amal qilish o‘z ihtiyorida qoladi,hohlasa qiladi,hohlamasa qilmaydi.Dorimiy rivoyati.Shu hadisni Mahfuza Alimovani tarjima kitobida o‘qidim.Shu hadis haqida nima deysiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir narsaga qasam ichsa-yu, so‘ngida, inshaalloh, desa, batahqiq, istisno qilgan bo‘ladi», dedilar». Nasaiy va Abu Dovudning rivoyatida: «Kim qasam ichsa-yu, so‘ng istisno qilsa, agar xohlasa, qiladi, xohlasa, tark etadi. U qasamxo‘r bo‘lmaydi», deyilgan.Bu erdagi istisnodan murod, inshaallohni qo‘shib gapirishdir. Birov qasam ichsa-yu, inshaalloh, demasa, qasamiga amal qilishi lozim bo‘ladi. Agar o‘sha odam qasamidan keyin, inshaalloh, deb qo‘ysa, qasamiga amal qilish uning uchun ixtiyoriy bo‘lib qoladi. U xohlasa, qasamiga amal qiladi, xohlasa, qilmaydi.
4 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar