Kommunal to‘lovlar haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli sayt ijodkorlari, ko‘p qavatli uyda yashayman. Man bilan onam, singillarim, ayolim va farzandim istiqomat qilishadi. Baland qavatli uylarda issiq suv uchun to‘lov eng qimmati hisoblanadi. Issiq suv uchun hisoblagich o‘rnatmay uyda ro‘yxatda bo‘lgan 2 kishi uchun ma’lum miqdorda to‘lovni amalga oshirib kelaman. Biroq qonunan barcha yashovchilarni ko‘rsatishim zarur. Unda to‘lov undanda yuqori bo‘lib ketadi. Agarda hisoblagich o‘rnatsam, kechasi 23:00dan tong otgunga qadar issiq suv o‘rniga sovuq suv tushadi. Issiq suvni kelishini yarim soatlab kutishimizga to‘g‘ri keladi. Bunda juda ko‘p suv uvvol bo‘ladi. Hisoblagich o‘rnatsam o‘zingiz tushunganingizdek pulni suvga oqizgandek bo‘laman. Axir tunda g‘usl vojib bo‘ladigan xolatlar bor. Bu to‘g‘risida mas’ul idorani ko‘p bor ogohlantirganman, lekin bari bekor. Uyni isitish tizimida ham huddi shu muammo. Uyni isitish uchun konditsionerni yoqib elektr energiyasi uchun ko‘p pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Lekin issiq suv va isitish tizimi uchun pulni to‘lab qo‘ying deb kelishni kanda qilishmaydi. Shuning uchun uyda istiqomat qiluvchi 6 kishidan ro‘yxatda bor 2 kishini ko‘rsatganim qanchalik to‘g‘ri? Axir adolat bu erda yo‘q-ku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni haqqingiz o‘tsa ham boshqalarning haqqi sizda qolmasligini o‘ylaganingiz afzal. Nechta odam bo‘lsa o‘shani ko‘rsating. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni haqqingiz o‘tsa ham boshqalarning haqqi sizda qolmasligini o‘ylaganingiz afzal. Nechta odam bo‘lsa o‘shani ko‘rsating. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom