Tahoratsiz namoz o‘qigan inson kofir bo‘ladimi?
Shayx Hazratlari, Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga barokatlar bersin! Sizni kitoblarizdan o‘qib judayam ko‘p foydali ilmlarni olayapmiz, rahmat. Savol: "Hadis va Hayot silsilasining 4-juzi Poklik kitobidagi Tahorat haqidagi bobda Imom Abu Hanifa "Kim bila turib, qasddan tahoratsiz namoz o‘qisa, shari’atni o‘yin qilganligi uchun kofir bo‘ladi" degan ekanlar. Agar shunday hukm bo‘lsa o‘sha inson nima qilishi kerak? Alhamdulillah Alloh tavfiyq berib hozir ibodatdaman. Lekin yoshligimda zalolatda bo‘lgan paytlarimda bir martta o‘zim uchun hurmatli inson "qani namoz o‘qib olaylik" deganda uning malomat qilishidan hijolat bo‘lib tahoratim yo‘qligini bilib turib, iqtido qilib namoz o‘qiganman - lekin ichimda niyat ham qilmaganman, sura xam salovat xam o‘qimaganman. U paytda bunday hukm bo‘lishini bilmaganman, lekin gunohligini bilganman. Shunda mening hukmim nima bo‘ladi? Allohga kufr keltirib qo‘yganimni kitobingizda o‘qib tushunganimdan beri holim yomon, dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘layapti. Allohning rahmatiga umid kilib tavba qilsam bo‘ladimi gunohim uchun? Iltimos yordam bering, bir chorasini ayting.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tabva qilish, nadomat chekish va o‘sha ishni qaytarmaslik kerak.
1 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tabva qilish, nadomat chekish va o‘sha ishni qaytarmaslik kerak.
1 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat