Nomoz o‘qish tartibi

Assalomu alaykum! Men yaqinda nomoz o‘qiy boshladim oila azolarim o‘qishadilar men ko‘pincha Rossiiyada ishlashga ketaman shuning uchun o‘qimay yurgandim rossiyadan kelib nomoz o‘qishni boshladim taqdir taqozosi bilan yana Rossiiyaga ketdim. Men faqat sovuq o‘lkalarida ishlayman ruslar orasida ishlayman. Nomozni qoldirmayapman xarakat qilayapman vaqtida o‘qishga qazo qilmadim. Savolim shundan iboratki 5 maxal nomozni farzlarini o‘zim eshitadigan o‘qiyman azonni xam o‘zim eshitadigan darajada aytaman. Yoz oylarida bomdod yarim tunda 00:35 o‘qiladi, xonamda hamma uxlashgan bo‘ladi, ovoz chiqarmay o‘qiyman, svetni yoqmayman, bu o‘qiydigan nomozlarim durust bo‘ladimi yo‘qmi bilmadim, tavakal. Uyimda jamoat bilan qandoq o‘qigan bo‘lsam ish joyimda xam shundoq o‘qiyapman. Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz eshitadigan darajada bo‘lsa durust. Qorong‘u xonada o‘qish ham joiz. Bardam bo‘ling, shubhaga tushmang, Alloh muborak qilsin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar