Chorasizlik

Assalomu alaykum! Oxirgi marta savol berganimga ham bir oydan oshibdi. O‘shanda pitsa etkazib berishda, halol pitsalar etkazishdan topgan pul - halol, harom aralashganlari harom degan javob bergan edilaringiz. O‘shandan buyon turli ishlar izlab ko‘rdim, barisini surishtirsam 100% halol bo‘lib chiqmayapti. (Masalan supermarketda cho‘chqa go‘shti, alkogol aralashadi. Dostavkada, halol restoranlar bilan bir qatorda harom aralashgan restoranlardan ham zakaz tushadi (rad qilsangiz, zakazlaringiz kamayib ketaveradi). Pochtaxonalarda halol-harom aralash narsalarni taxlashga to‘g‘ri keladi. Flayerlar tarqatishda asosan harom taom tayyorlaydigan restoranlarni reklama qilishga to‘g‘ri keladi. Xullas boshim qotgan, tushkunlikka tushmaslikka harakat qilyapman (Zikr va duolar qilib), lekin bu yoqda pulim ham tugayapti, kvartiraga pul to‘lash kerak, boz ustiga. Maslahatingizga juda muxtojman. Dostavkada harom/muboh bo‘lgan emaklardan tushgan pullarni (savob umid qilmasdan) ehson qilsam va halollarini o‘zimda olib qolsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsalarni etkazib berish orqali topgan pullaringizni sadaqa qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 200 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar