Aqiyqani qishloqda qilish

Assalomu alaykum! Biz xo‘jayinim bilan anchadan beri bir masala yuzasidan bir qarorga kelolmayapmiz. 3,5 yosh o‘g‘limiz bor xali aqiyqa qilmaganmiz. Xozir Toshkenda yashaymiz. Men xo‘jayinimga shu erda qo‘y so‘yib, go‘shtini masjidga yoki madrasa ilmi toliblarga olib borib beraveraylik desam "Yo‘q, qishloqqa borib, odamlarga qo‘y so‘yib osh bermasam bo‘lmaydi" deyaptilar. Qaynona-qaynotam xam xo‘jayinim tarafdalar. Qaysi bir afzalroq. Iltimos maslaxat beringlar. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ehsonni uch darajasi bor. 1-qiymatini berish. Bu aqiyqada o‘tmaydi. 2-olib borib berish. Bunda eyuvchilar xohlaganini tayyorlab eyaveradi. 3-taom tayyorlab mehmonga chaqirish. Bunda mehmonga u taom yoqish yoqmasligi, majbur bo‘lib kelishi kabilar bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar