Ahli zimma

Assalomu alaykum! Savdo sotiqda ahli zimma musulmon kabi bo‘ladi deyilgan. Lekin xamr borasidagi bayi musulmonni sharbatga qilgan bayi kabi. To‘ng‘izga qilgan bayi musulmonni qo‘yga qilgan bayi kabi deyilgan. Savolim fuqaholar shu jumla bilan nima deyishmoqchi bo‘lishadi. Biron bir misol bilan tushuntirib bera olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahli kitoblarning o‘zaro xamr va to‘ng‘iz savdosi huddi musulmonlar o‘zaro sharbat va qo‘y savdosini qilganlari kabi sahihdir (ya’ni fosid emas), degani. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 262 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar