Vinir

Assalomu alaykum! Ustozlar, men yangi kelinman necha kundan beri tishlarimni vinir (bunda tishlarni chetini ozgina arralab xar bir tish ustiga karonkaga o‘xshash narsa qoplanadi. 10-15 yil turadi) qildirish niyatida yuribman. Tishlarim orasi ochiq, mayda, rangi xam sariq. Lekin xammasi sog‘lom. Savolim tishlarimga vinir qildirsam taxorat o‘tadimi? Muolajani qildirishdan oldin taxorat olib borsam keyinchalik protezni ustidan taxorat qilsam taxoratim o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulama kiprik va ulama tirnoq kabi zaruratsiz va tagiga suv o‘tkazmaydigan bo‘lsa, joiz emas. Tahorat olib borsangiz ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 174 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar