Muftiydan masalaning dalilini surash
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga savol bilan murojaat kilishga izn bersangiz:1. Yakinda internet saytlaridan olingan «Fatvo beruvchidan dalil talab qilish» degan makolani ukib koldim. Uni ukish asnosida savol paydo buldi.Iktibos: Har bir musulmon kishi o‘z dinini dalillari bilan o‘rganishga intilmog‘i lozim. Tolibi ilm imkon qadar ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan saqlanmog‘i va har bir shar’iy masalani o‘z dalillari bilan bilishga harakat qilmog‘i lozim. Bugungi kunda o‘zini ilm ahlidan sanagan ba’zi «muftiy»lardan fatvo so‘ralsa, so‘ngra masalaning hukmini o‘z dalillari bilan aytishini talab qilinsa, «muftiy» tolibi ilmning bu ishini «odobsizlik» deb nomlamoqda. Aslida, shak-shubha yo‘qki, bu ish o‘z amallarida kitobu sunnatga tobe’ bo‘lishni istagan har bir musulmon intilishi kerak bo‘lgan, shariati islomiyyada matlub sanalgan amallardandir. Chunonchi bu borada Shavkoniy rahimahulloh bunday deydilar:«Hamonki, omi odam olimdan, amali sust esa komildan fatvo so‘rashi lozimligi hal bo‘lgan masala ekan, shuni ham bilmoq kerakki, biror masalada fatvo so‘rovchi kishi fatvoni dinu diyonati, adolati va o‘zining kamoli taqvosi bilan tanilgan hamda kitobu sunnat olimi bo‘lish bilan bir qatorda ulardagi nususlarni to‘laqonli ravishda tushunishga ko‘mak beruvchi boshqa bilimlarni ham puxta egallagan ahli ilmlardan so‘ramog‘i kerak. Toki, shunday kishilar u yoki bu masalada uni haqqa dalolat qilib, to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab qo‘ysinlar... Shuningdek, kishi fatvo so‘rar ekan, Alloh subhanahu va taoloning kitobidagi yoxud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislaridagi o‘z muammosiga taalluqli bo‘lgan dalilni ham so‘rashi maqsadga muvofiqdir. Shunday qilsa, haqni o‘z manba’sidan, hukmni ham o‘z o‘rnidan olgan bo‘ladi hamda kitobu sunnatdan dalilga asoslanmagan – qaysiki, unga mukkasidan ketgan kishi shariatga muxolif, haqqa qarama-qarshi bo‘lgan xatolarga tushib qolish xavfidan omonda bo‘lmaydigan – ra’ydan behojat bo‘ladi» («Irshodul fuhul» (Buyuklarga irshod): 450-451). SAVOL: Muxtaram ustoz aytingchi, bir masala buyicha «muftiy»dan fatvo suragan tolibi ilm (ilmsiz fakat taklid kiluvchi kishi bundan mustasno) masalaning shariatdagi dalilini surashi joizmi? Yoki bu «odobsizlik» sanaladimi? Bu masalada jumxur ulamolarning fatvolari kanday? Javob uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolingizdagi “o‘zini ilm ahlidan sanagan ba’zi «muftiy»lardan fatvo so‘ralsa, so‘ngra masalaning hukmini o‘z dalillari bilan aytishini talab qilinsa, «muftiy» tolibi ilmning bu ishini «odobsizlik» deb nomlamoqda” degan gap menga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu bemazhablarning gapi bo‘lsa, ajab emas. Aslida, bu masala bo‘yicha Shavkoniydan boshqa ulamolar ham o‘z gaplarini aytishgan. Shofe’iy mazhabi ulamolari, Hanbaliylardan ba’zilari, Hanafiylardan ham va boshqalardan ham fatvo so‘rovchiga dalil talab qilish durust emasligini aytganlar. Bu haqda fatvo so‘rash odobi haqida bobi bor barcha kitoblarda ma’lumot bor. Siz o‘sha saytdan, Shavkoniy qaysi mazhabning faqihi, deb so‘rab ko‘ring.Dalilni unga ahl bo‘lgan odam bilish uchun so‘rasa, yaxshi. Ammo fitna uchun, sinash uchun, o‘yin qilish uchun, vaqtni behuda o‘tkazish uchun so‘rasa, odobsizlik bo‘ladi. Agar ilmi borligini bilsa va hurmat qilsa, uning gapini qabul qilishi dalilsiz ham bo‘laveradi. Ammo unga ishonmasa, boshqasidan so‘rash kerak. Savol berish odoblarini avval ko‘p aytilgan. O‘qib olganlar tushunib etishgan. Ammo fitna qilaman deganlar, ixtilofli masalalarni ko‘ratib turmasalar, ichlari chiqmaydi.
4 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 174 | Ta’lim va muta’allim