Erimni xafa qilib qo‘ydim

Assalomu alaykum! Men adashgan bandaga yordam beringlar. Erim rossiyadalar mani 3 farzandim bor qaynonam bilan yashaymiz, xo‘jayinimni xafa qip qo‘ydim. Ularga bir kerakli buyumimni olib bering desam yo‘q deb urushib berdilar. Shu bilan boshqa so‘ramadim, o‘tgan yil 2 ming dollarga ko‘zimmi operatsiya qildirdilar Alloh rozi bo‘sin. Yaqinda tobim bo‘may dori darmonga qiynalib qoldim va shunga menga nafaqa qiling deb so‘radim Qur’on va sunnatda kegan dedim. Bir domlani maruzalarini jo‘natdim nafaqa xaqidagi, bundan g‘azablandilar menga aql o‘rgatyapsanmi deb gapirmagan gaplari qolmadi. Xoziram xafalar, sendan kutmagandim mendan nafaqa talab qilding dep umuman gaplashmayaptilar. Nima qilay, noto‘g‘ri ish qildimmi erimni ko‘ngillari qolipti mendan. Gaplashmayaptilar sendan kechdim dedilar. Ko‘nglimga og‘ir botti, shu gaplari. Rosa yalindim, uzur so‘radim, bo‘mayapti. Menga maslaxat beringlar yo‘l ko‘rsatinglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafaqangizni so‘rashga haqlisiz, ammo bunda ham chiroyli uslub bilan, go‘zal muomala bilan qilsangiz yaxshi bo‘lardi. Siz esa nafaqadan bosh tortyapgan kishiga qilinadigan muomalaga yaqin muomala qilibsiz. Endi kechirim so‘rab, yaxshi gapirib aloqangizni tiklashga harakat qiling. Qaynonangizdan iltimos qiling. O‘g‘lilariga aytsalar, Allohning izni ila oralaringiz isloh bo‘lib ketadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar