Namozning vaqti kirmasdan o‘qish

Assalomu alaykum! 1). Bomdod namozini o‘z vaktidan 1 soat oldin o‘qish mumkinmi?
2). Bir tanishim aytishi bo‘yicha inson qilayotgan duosini manosini bilmasdan duo qilsa duosi ijobat bo‘lmas ekan. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Vaqti kirmasidan oldin o‘qish joiz emas. O‘qisa zimmasidan ado bo‘lmaydi va qazosini o‘qish farz bo‘ladi. 2). Qur’on va sunnatda vorid bo‘lgan duolarni o‘qisa bo‘ladi. Boshqa har qanday duoni ma’nosini bilib o‘qish lozim. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar