Turmushdagi kushxotinlik muammosi

Assalomu alaykum xurmatli Shayx Xazratlari, Allox kilaetgan ishlaringizga rivoj bersin, sog-salomat yurishingizni xamisha Alloxdan tilab kolaman. Sizning "Xadis va Xaet" ruknidagi kitoblaringiz, "Tafsiri Xilol" Kur’oni Karim tafsiri va boshka kitoblaringizni ukib, Siz Xazratning kilaetgan ishlaringiz men kabilar uchun nechoglik axamiyatli ekanligini tushunib bormokdaman. Sizga buning uchun kamtarona minnatdorchiligimni bildirmokchiman.Xazrat, Sizdan bir maslaxat suramokchiman. Uzim ael kishiman, 3ta farzandim bor, Alloxga shukr. Alloxning menga bergan sinovlariga shukr kilishga xarakat kilyapman, lekin sabr kilishlikning nakadar kiyinligini, shuning uchun xam ajr-savoblar kupligini tushunib boryapman. Sizning kimmatli vaktingizni olmayda, meni kiynaetgan muammoga utay. Turmush urtogimga 2chi aeliman. Menga uylanganda uzi xam uydagilari xam 1chi aelida kungli yuk deb, u aelni uydan ketkazib meni olib berishgandi. Usha paytda men nufuzli joyda ishlardim, urtada karindoshligimiz xam bor. 8 yil utib,men ishdan bushadim, oxirgi farzandni tugish chogida juda kiynaldim, shu paytda urtadagi ayrim kelishmovchiliklarni burttirgan xolda...u kishiga 1chi aelini menga bildirmasdan kaytarib olib kelishdi. U ael boshka shaxarda, boshka mamlakatda, erimni uning oldiga yuborishdi. Oradan 1 yil utdi, u kishi biz bilan 1 oy, kolgan vaktda u aeli bilan, ishlayapman, tez-tez kelish imkoniyatim yuk deb, mana yana ketdilar. Bizni tula ta’minlash imkoniyati xam yuk. Bundan keyin 1 yilda kelaman, sabr kiling dedilar. Meni kiynagan narsa, axir shariatni tushunadilar oilasi, menga zulm kilmanglar, agar u bilan xam men bilan xam shariat doirasida yashasangiz mayli, rozilik bildiraman, bulmasa rozimasman, mening va bollarimning xam xakki borku, buni nega uylamadiz dedim. Ular xoxlasang shu, xoxlasang shunga sabr kilib yashaysan, bulmasa bilganingni kil deyishmokda. Men xam axir aelman, farzandlarim otasini kanchalar soginishini, ezilib yiglashlarini kurish, uzim elgiz boshim bilan ularga karash osonmasku. Bizni xam olib keting usha mamlakatda, bir xil bulamiz desam, imkoniyatim yuk deydi. Axir erkak kishi imkoniyatiga karab, ota-onasi xam xamma tarafni xisobga olib ish kilishlari kerakmidi. Endi men nima kilay? Yashamayman desam, jannat xidini xam xidlamaslikdan u duneda javobdan kurkaman, yashayman desam baribir banda aelman, chidashim kiyin kechyapti, 2 ut orasida kolganman. Kulingdan nima keladi, xa uylandim, chidashga majbursan, yashamayman desang bollarni olib kuyaman, sizlarni tashlab senga javob bermayman deydi. Nima kilay, kanday yul tutsam buladi? Sizga buni ezganim uchun uzr surayman, juda kiynalib ketganim sababli ezdim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U odamga qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanini sizdan boshqa, gapi o‘tadigan odamlar ham tushintirishlari kerak. Albatta, ayollar o‘rtasida adolat qilish erning burchi. Bunday qilishga hech kimning haqi yo‘q. Agar siz adolatsizlik va nafaqasizlikdan norozi bo‘lib ajrashaman desangiz, gunohkor bo‘lmaysiz.

1 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar