Nuh alayhissalom

Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Assalamu aleykum mani savolim shunndan iborat edi: ko‘p olimlar aytayaptiki nuh alayhisalom davrida butun olamni suv bosmagan faqatgina shu Nuh alayhisalom qavmi yashagan joyni suv bosgan xolos demoqda. Qur’onikarim da ham butun olamni suv bosgan degan joyi yo‘q demoqda, shu rostmi? shu haqida ozgina tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom.Haqiqatda, Qur’oni Karimda Nuh alayhissalom davrlarida butun er yuzini, umuman olganda, qancha joyni suv olgani haqida ma’lumot yo‘q. Tarixchi olimlarning aytishicha, Nuh alayhissalom davridagi to‘fon asosan Furot va Dajla o‘rtasidagi mintaqada sodir bo‘lgan. Chunki, u davrlarda o‘zi insoniyat er yuzi bo‘ylab tarqamagan edi. Qur’oni Karimda "Hud" surasining 36-49 oyatlari tafsirida mazkur voqea haqida kerakli ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Vallohu a’lam.

4 May 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar