Xijobga kirdim, ammo

Assalomu alaykum! Bugun Alxamdulillah xijobga kirdim. Ota onam boshida juda Karshi bolishti. Ammo onam Keyn Rozi boldilar. Bugun bomdodda onam:" xijobga kirganing xayrli bosin", db kuchoklab rosa xursand boldilar. Ammo adajonim xali xabarlari yok edi. Keyn onam bu xabarni etdilar, otam bakirib, Man noroziman didilar. Onamam Keyn yeglab : "xammamizni gunoxkor kldin. Sinning, opang, Man oranmaganman, odamla nima diydi, ozgina sabr ksen openi uzatib Keyn oranarding, bizni Allohni oldida xuddi yalangochdek kilib koyding, xamamizni norozi kldin, opang Blan sinin xafa bolb yeglashvotti, xechkimni oylamading, fakat ozingni oylading.."db rosa yegladilar. Xech Kim xali kormadi bilmadi Boldi oramisan diyishvotti. Man: " Allohga niyat kb ozini roziligi uchun db kirboldim xijobga, yechmiman endi.." dvoman. Endi Man nima kli. Ota onamga gunox yozilishini, ulani norozi bolishligini xoxlamiman. Iltimos yordam berin. Nma ksam ota onam xovurligidan tushishadi, odamlani gap soziga etibor berishmasliglari uchun nima ammalar kilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangiz sizni o‘ranganingiz tufayli azobdan qutilib qolishadi. Siz duolar qiling. Alloh taolo "Qomar" surasida marhamat qiladi:    فَدَعَا رَبَّهُ أَنِّي مَغْلُوبٌ فَانتَصِرْ۝ 10. Shunda Robbiga: «Albatta, men mag‘lub bo‘ldim, yordam ber», – deya duo qildi.
Demak, Nuh alayhissalomning toqatlari toq bo‘lgan edi. Ul zot o‘z qavmlarini turli yo‘llar bilan dinga chaqirganliklari boshqa suralarda, jumladan, «Nuh» surasida batafsil bayon qilingan. Noiloj qolganlaridan so‘ng «Robbim, toqatim qolmadi, sabrim tugadi, noilojman, mag‘lub bo‘ldim, O‘zing yordam ber», – deb duo qildilar. Bu duo tezda qabul bo‘ldi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar