Masjid uzoq bo‘lsa

Assalomu alaykum! Biz yashayotgan joyda eng yakin masjid 17 km. Kimki xuftonni va bomdodni jomiy masjidlarda o‘qisa o‘sha tuni bilan ibodat qilib chiqqanni savobi beriladi ekan. Biz xam masjidda o‘qishni xoxlaymiz, lekin borib kelish juda uzoq. Shunday xolda biz qanday qilib shu savobni olsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng kami ikkita yoki uch kishi bo‘lib birortangizni uyingizda jamoat bo‘lib o‘qisangiz ham savobini olasizlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar