Ishxonada o‘qigan namozlarim
Assalomu alaykum! Ishxonada o‘qigan namozlarimda bazida kiyimlarim tirsak va tizzadan pastda bo‘lib, to‘piq va kaftimgacha yopmagan bo‘ladi. Shu namozlarim durust bo‘lganmi yoki qazo o‘qishim kerakmi? Shom namozining vaqti qisqa ekan, misol 19:50da kirsa vaqti, 20:10da o‘qilgan namoz qazo o‘qiladimi(ro‘zadan tashqari xolat)? Peshin namoziniki esa aksincha ekan, ya’ni 12:30da kirsa 13:00da o‘qish kerak ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo namoz o‘qishingiz muborak bo‘lsin. Alloh tavfiqda bardavom qilsin. Siz aytgan kiyim bilan namoz ado bo‘lmaydi. Shunday holatda maxsus engicha va tufuqgacha yopadigan yubka kiyib olsangiz avratni berkitish farzi ado bo‘ladi. O‘sha namozlarni qazosini o‘qib oling. Shom vaqti siz aytganchalik qisqa emas, balki xuftonning vaqti kirgunicha. Peshinniki esa asrning vaqti kirgunicha. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 138 | Namoz