Namozlarimga xo‘jayinim qarshi

Assalomu alaykum! Yoshim 23 da yaqindan namoz o‘qishni boshladim. Lekin xo‘jayinim 5 maxal namoz o‘qishimga qarshilar faqat bomdodni o‘qi qolganlariga ulgurmaysan xar kuni qazo qilib o‘qiysanmi keyin deb ruxsat bermayabdilar. 2 nafar yosh bolam bor, talabaman. Ulguraman desam xam yo‘q bolalar katta bo‘lsin o‘qishni tamomla keyin deyabdilar. O‘zimni o‘qigim kelyapti. Shunga nima qilishni bilmayapman. 2. savolim men 7 yildan beri namoz o‘qimasdan kelayotgan ekanman atrofimdagi kattalar namozni qariyalar o‘qiydi yoshlarga nima bor degan gaplarini ko‘p eshitib kelganimiz uchunmi shunga ishonib namoz o‘qimagan ekanmiz endi men shuncha yil qoldirgan namozlarimni qanday ado etishim kerak yo‘l yo‘riq ko‘rsatingizlar iltimos. Qaynonam yaqinda 60 ga kiradilar namoz umuman o‘qimaydilar ovsinim ikkimzga men silarni deb namoz o‘qimayapman men agar namoz o‘qisam menga chidolmaysilar deb aytadilar lekin nimaga unday deydilar nimaga chidolmaysilar deyishini tushunmaymiz. Shu xolatda biz xam gunoxkor bo‘lib qolamizmi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Allohning farzida bandasidan ruxsat so‘ralmaydi. Alloh eringizni g‘azabidan sizni qutqara oladi, ammo eringiz sizni Allohning g‘azabidan qutqara ololmaydi. Siz Allohga itoat qiling. So‘rab ham ko‘rsatib ham aytib ham o‘tirmasdan namozlaringizni o‘qing.2). Qoldirgan namozlaringizni hammasini hisoblab farz va vitrlarning qazosini o‘qib berasiz. 3). Sizlar o‘qing deb aytishinglar bilan mas’uliyatlaringiz soqit bo‘ladi. O‘qimasalar o‘zlari gunohkor bo‘ladilar, sizlarga gunoh bo‘lmaydi. Iloji bo‘lsa, nima desa ham “xo‘p bo‘ladi, siz boshlayvering biz tayyormiz” deb aytinglar. Namoz o‘qishlariga sababchi bo‘lib qolsanglar, juda katta savobga ega bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar