Nasihatlaringga muhtojman

Assalomu alaykum! Ustozlar, in shaa Alloh mart oyida 20 yoshga kiraman. Hozirda arab tilidan ham, Qur’ondan ham ustozlarim bor. Ammo moddiy tarafdan biroz qiyinchilik bor (dadamning qarzlari bor, uy-joy masalasi…) va luqmamni 100% halol bo‘lishini istayman. Shu bois, hozirda savdo-sotiqni boshlab yuborganman. Alloh taologa tavakkal qilib, bir necha oy yaxshilab ishlamoqchiman. Moddiy tarafimni yaxshilab olgach, butunlay ilmga sho‘ng‘imoqchiman. Hozirda pul topishga ancha qiziqib qolganman. Bunga quyidagi omillar sabab:
1. Luqmamni 100% halol bo‘lishini istayman.
2. Alloh taolodan boshqaga muxtoj bo‘lishni istamayman.
3. Pulim bo‘lsa, olimlarga, talabalarga moddiy tarafdan yordam qilishni xush ko‘raman. Va shunga o‘xshash ancha sabablar. Ustozlar, ushbu holatda qanday yo‘l tutay? Ma’lum muddatga ilm olishni to‘xtatib qo‘yishim to‘g‘rimi? Ma’lum bir oyni belgilab, shuncha oyda faloncha foyda qilsam, uyog‘iga ilm bilan jiddiy sho‘g‘illanishni boshlayman, deb o‘ylashim to‘g‘rimi? Iltimos, ushbu masalada menga maslaxat berinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istixora qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar