Kur’on bilan yukolgan narsani topish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir marta tillalarimni yo‘qotib qo‘yganimda mulla tog‘amga o‘zim xaqimga duo qiling deb borgan edim. U kishi Qur’on kitobiga ip bog‘lab uni kichik cho‘pga osib bir uchini menga bir uchini o‘zlari ushlab kitob varaqlari orasiga qarindoshlarimni ismini yozib solib chiqdilar (buni keyin bildim) shunda bir ovsinimga kelganda kitob ozroq buraldi, keyin o‘sha ovsinimni eriga kelganda kitob 180 gradusga buraldi (qo‘limizni umuman qimirlatganimiz yo‘q). Shunda tog‘am tillalaringni eringni shu ukasi olgan ovsining xam buni biladi dedilar. Shunda men bu fol emasmi deganimda yo‘q dedilar, lekin ko‘nglimda shundan beri bilmay gunox qilib qo‘ydim degan gumon bor. Shundan beri tavba qilaman. Shunaqa qilish to‘g‘rimi? Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda bunday ish yo‘q. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda bunday ish yo‘q. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar