Kir yuvganda

Assalomu alaykum! Men shaxarda ishlayman, kirlarimizni o‘zimiz yuvamiz, kir yuvganda uni 3 marta chayish kerakligini o‘qib qoldim men kir yuvishni yaxshi bilmaganim uchunmi, xar doim xar bir kiyimni bir martadan chayardim, endi o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi? Xar qanday kiyim 3 marta chayilishi kerakmi, yoki faqat najosat tekkanimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maqsad najosatni asarini ham qoldirmasdan yuvish. Agar o‘sha yuvganingizda najosatni asari qolmagan bo‘lsa namozlaringizga zarari yo‘q. Agar kiyimda najosat bo‘lmagan bo‘lsa bu narsalarni unga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:05 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar