Hayvonlarni suniy ko‘paytirish

Assalomu alaykum! Ko‘pchilikka ma’lumki hozirgi texnalogiya va medetsina rivojlangan davrimizda, hayvonlarni sun’iy yo‘llar bilan, yangi turdagilarini yaratish avj olib bormoqda. Bulardan misollar tovuq, mol, va cho‘chqa bilan qo‘yni birlashgan turi va har-hil uy hayvonlari va hokazolar... Ma’lumki hozirda bizning yurtimizda ham shu tarzda suniy turdagi tovuq va mol go‘sht maxsulotlari bozorimizni keng egallagan. Savol: 1). Bunday turdagi hayvonlarning go‘sht maxsulotlarini eyishlik joyizmi? 2). Shariatimizda hayvonlarni sun’iy tarzda yangi turdagilarini yaratishga qanday hukm bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu borada ham qadimiy fiqh kitoblarimizda bir necha masalalar kelgan. Ulardan biri vaxshiy, go‘shti harom bo‘lgan hayvon bilan go‘shti halol bo‘lgan hayvonni urchitilsa ulardan tug‘ilgan bolaning hukmi haqida onaga e’tibor qaratiladi. Agar ona go‘shti eyiladigan halol hayvon bo‘lsa bolalari ham go‘shti halol bo‘ladi. Agar ona go‘shti harom hayvon bo‘lsa bolalari ham shu bo‘ladi. Siz aytgan masalaning ham hukmi shu bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 119 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar