Uskunani sotib, sungra kimmatrokka nasiyaga kayta sotib olish

Korxonamizda 100 minglik uskunalarimiz bor, ammo xom-ashe sotib olishga mablagimiz etarlik emas. Uskunalarni bizdan 100 minga sotvolib, usha zaxoti uzimizga lizinga (ya’ni nasiyaga) 1 yilda 120 ming kilib tulab berish sharti bilan sotadigan odam chikyapti. Asbob uskuna joyidan siljimaydi, biz kanady ishlataetgan bulsak, shunday ishlataveramiz, fakat egasi uzgaradi. Shu ishni kilsa buladimi? Unga boglik shartlar bormi? Masalan, bizdan olaetgan xaridorning "uskunalar meniki buldi, endi xoxlagan odamga sotaolaman" deyishga xakki bormi, eki, biz oldindan "bizdan boshkaga, bir yil ichida karzimizni uzmagunimizcha, sotmaysiz" degan shart kuysak buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu sudxo‘rlik uchun hiyla bo‘lgani uchun unga ruxsat yo‘q.

4 May 2022, 05:07 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar