Ishlab chiqarishdagi xiylalar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mahsulot ishlab chikarishda uning sifatini belgilovchi xom ashening mikdorini kamaytirib yuborish eki unga kushiladigan suvni kupaytirish orkali maxsulot tannarxini kamaytirishga xarakat kilinadi, deylik kolbasada gushtni kamrok kushish yoki sokda suvni kuprok qo‘shish mumkin. Oddiy kilib aytganda oshpaz 1 kozon shurvaga 5 kosa suvni kushish bilan kushimcha daromad oladi. Shu daromad xalolmi?
Yonidagi oshpaz shu ishni qilmaganidan ishi yurishmasligi mumkin. Natijada maxsulotni vijdonan ishlab chikarmokchi bulganlar kiynalishmokda. Dori vositalarining tasiri kamayib ketmokda. Dinimizda bu haqida qanday hukmlar bor? Deylik sut yorlig‘iga 2% deb yozilishi unga suv qo‘shilganligini bildiradi. Agar yorlig‘iga yozib kuyilsa suvni qo‘shish mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xalqqa boshqa narsani ko‘rsatib, asli boshqa narsa bo‘lsa bu ish harom hisoblanadi. Undan topilgan foyda ham haromdir. To‘g‘ri ishlab topilgan mol har qancha oz bo‘lmasin Alloh taolo ungi barakot ato qiladi. Uni yaxshilikka sarflanishi evaziga ulkan savob beradi. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ : أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- مَرَّ عَلَى صُبْرَةٍ مِنْ طَعَامٍ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فِيهَا فَنَالَتْ أَصَابِعُهُ بَلَلاً فَقَالَ :« مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ ». قَالَ : أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ :« أَفَلاَ جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ حَتَّى يَرَاهُ النَّاسُ مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّى ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomning uyimi oldidan o‘tayotib unga qo‘lini kirgazdilar va qo‘llari nam bo‘lib: “Ey, taom egasi bu nimasi?” dedilar. “Ey, Allohning rasuli yomg‘ir yoqqan edi” dedi taom egasi. U zot: “Odamlar ko‘rishi uchun u(nam)ni taom ustiga chiqarib qo‘ymabsanda. Kim aldasa, bizdan emas” dedilar”. Muslim rivoyati. Unday insonlar har qancha topsalar ham oqibati kasallikni davolashga, harom xarij narsalarga yoki mehnatkash hayvondek ishlab, uni qadriga etmaydiganlarga meros qoldiradi, javobgarligi zimmasida bo‘ladi. Haloldan topilgan molda baraka bo‘lishidan tashqari insonni ibodatga chorlovchi xususiyat ham bo‘ladi. Haromda esa gunohga chorlovchi xususiyat bo‘ladi. Alloh taolo “Oli Imron” surasida marhamat qiladi : لاَ يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ الَّذِينَ كَفَرُواْ فِي الْبِلاَدِ مَتَاعٌ قَلِيلٌ ثُمَّ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمِهَادُ 196. Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qo‘ymasin. 197. Ozgina matoh. So‘ngra joylari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq! Kofirlarning kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezishlari mo‘minlarni xafa qilib, nimaga bunday bo‘ladi, degan savolni ko‘ngliga solib, adashtirib, aldab qo‘yishi mumkin. Ushbu oyat mo‘minlarga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam orqali ana shunday aldovga berilib qolmaslikni tayinlamoqda. Keyin esa bu yurt kezishlar vaqtinchalik ekanini tushuntirib: «Ozgina matoh», – demoqda. Ehtimol, ular bu dunyodan shunday kerilib, faxr qilgan hollarida o‘tib ketarlar. Lekin, baribir U dunyoda: «So‘ngra joylari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!» Harom yo‘llar bilan mol-dunyo topib rohatda yurganlarning ham ahvoli shu bo‘ladi. Buning qarshisida taqvodor, abrorlarning joyi ham bordir: لَكِنِ الَّذِينَ اتَّقَوْاْ رَبَّهُمْ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا نُزُلاً مِّنْ عِندِ اللّهِ وَمَا عِندَ اللّهِ خَيْرٌ لِّلأَبْرَارِ 198. Lekin Robblariga taqvo qilganlar uchun ostlaridan anhorlar oqib turgan jannatlar bo‘lib, ularda mangu qoluvchidirlar, Alloh huzuridan ziyofat o‘laroq. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir. Kofirlarga ozgina matoh – bu dunyoning vaqtinchalik hayoti, mo‘minlarga esa shuncha narsa – jannatlar, abadiy hayot, Allohning huzuridan ziyofat. Faqat mo‘minlar bu narsalarga sazovor bo‘lish uchun yaxshi amallarda bardavom bo‘lsalar bo‘ldi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom