Klinik o‘limdagi xolat haqida
Assalomu alaykum! Bir necha kun avval internetda quyidagi makolani ko‘rib qoldim: Ijtimoiy tarmoqlarda ikki marotaba klinik o‘limdan omon chiqqan erkak haqidagi hikoya ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi “NDERF”sayti. Charlining ta’kidlashicha, u koinotga sayohati davomida haqiqatda mavjud bo‘lgan Iso Masih bilan ko‘rishgan. Shuningdek, u oxir zamon chog‘ida ateistlarga juda ham qiyin bo‘lishini atib o‘tdi. Charli yuragidagi muammosi tufayli bir necha marotaba o‘lim bilan yuzlashgan. Hattoki uning yuragi bir kecha-kunduzda ikki marotaba to‘xtab qolgan. Ammo baxtiga shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘zining klinik o‘limi davomida koninot bo‘ylab sayohat qilganini, u erda Iso Masih hamda farishtalar bilan ko‘rishganini hikoya qilib berdi. U o‘zini qo‘llaridan tutib turgan farishtalarning yuzlariga qarab ularning qanday ekanligini ko‘rishni xohlagan, ammo juda yorqin nur bunga to‘sqinlik qilgan. Biroz vaqt o‘tib, nur pasaya boshlagan, shunda erkak yorqin nur, aslida, Iso Masih ekanligini bilgan. Uning yaqiniga yaqinlashayotganida esa uzoqdan “Sening vaqting hali kelmadi”, degan so‘zlar eshitilgan. Yuragi ikkinchi marotaba to‘xtaganida ham xuddi shu holat yuz bergan. Ammo bu safar unga bu so‘zlarni Iso Masihning O‘zi aytgan. manba:ANIQ.UZ Agar buning aytayotganlari to‘g‘ri bo‘lsa u nimani anglatishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bizning dinimiz aniq dalillarga asoslanadi. Bu Odam alayhissalomdan davom etib kelayotgan kitoblar va payg‘ambarlar silsilasidir. Payg‘ambarlarning eng oxirgisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Musulmon nima qilishligi Iyso alayhissalomga qanday e’tiqodda bo‘lishimiz ochiq-oydin aytib qo‘yilgan. Dinimiz tushlarga va kimlarnidir boshidan o‘tkazgan sarguzashtlarga suyanmaydi. Achinarlisi biz o‘z dinimizni ta’limotidan uzoqlashib jin bilan aloqa qiladigan kishi va ayollarni avliyo deb ko‘klarga ko‘tarishimiz, kimlarnidir tushlarini oyat hadisdan ustun qo‘yishimizdir. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:39 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar