Islomda ayollarning ishlashi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bergan savollarimga beminnat javoblaringiz uchun Allohning O‘zi sizlardan rozi bo‘lsin! Bugun ham o‘zim uchun juda muhim bo‘lgan savol yo‘llamoqdaman. Hayotimni to‘laqonli islomiy hayot bilan o‘tkazishni xohlayman va bunga qattiq kirishganman. O‘qidimki islomda ayollar uy ishlari va farzand tarbiyasiga mas’ul bo‘lishi kerak ekan. Faqatgina xojasining topgan maoshi etmasa unga yordam berishi uchungina ishlashi mumkin ekan. Men insha Alloh o‘qituvchi bo‘lish arafasidaman. Turmushga chiqqandan keyin farzandlarimni islomiy ruhda Allohga muhabbatli qilib tarbiyalash bilan bir qatorda o‘z kasbim bo‘yicha halol faoliyat yuritsam mumkinmi yoki faqat farzand tarbiyasida mashg‘ul bo‘lishim kerakmi? Javobingiz uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat ayollarni hech qachon ilm-ma’rifatdan va jamiyat ishlaridan ajralib bir burchakda o‘tirishga majbur qilmaydi. Bu erda e’tiborga olish kerak bo‘lgan bir narsa, ishlash mobaynida shariat chegarasida bo‘lish. Hozirgi kundagi jamiyatimiz xususan ta’lim maskanlari siz kabi din-diyonatli, o‘z kasbini puxta egallagan, o‘zi va bolalarning umrlarini zoe qilmaydigan mutaxassislarga muhtojdir. Madrasalarda ta’lim berish ibodat bo‘lganidek oliygoh va kollejlarda ta’lim berish ham, jamiyatni isloh qilish uchun qilingan harakat ham ibodat sanaladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 59 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar