Bir iborani tushunmadim

Assalomu alaykum! Ba’zi bir vaziyatlarda “shariat salomatda-tariqat malomatda” degan iborani eshitib qolaman. Bu gap qaysi ma’noda aytilganligini tushuntirib bersangizlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelayotgan shariat va tariqatni ushlaganda salomatlik bor. U zotga ulanmay uzilib qolgan insonlardan olingan shariatda va tariqatda halokat bor. Ikkisidan birini ushlaganda esa ushlaganida salomat, ushlamaganida albatta malomat bo‘ladi. Shoh Valiyulloh Dehlaviy rahmatullohi alayh hadis borasida misli ko‘rilmagan cho‘qqini zabt qilganlar. Qolgan fanlarda ham shunday. Buni tan olmaydigan biror bir olim zamonamizda bo‘lmasa kerak. Shunday bo‘lsada tariqat haqida : “Bizning bu silsilamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mutavotir yo‘l orqali bizlargacha etib kelgan” deganlar va o‘zlari ham tariqat shayxi bo‘lganlar. Bunday bo‘lmaganlari silsiladan uzilgan bo‘ladi va albatta qaysidir joyda xatolikka ketgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar