Maktabda ro‘molni orqadan o‘ralsa

Assalomu alaykum! Xozir maktabda ro‘molni orqadan biroz bo‘yinni ochib o‘rashga ruxsat berilyapti. Shunday o‘rasa (faqat maktab binosida) bo‘ladimi? Chunki bo‘yin bilan o‘rashga ruxsat yo‘q deyishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam farosatli va ziyrak bo‘lishi kerak. Shunisiga shukur qilib, tomoqni to‘la to‘sib turadigan yoqa tikib bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 171 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar