Meni qiynagan savol
Assalomu alaykum! Quyida bu ikki savol va javobini ilova qilaman. 1-savol vaqti 24.08.2014 Bank sohasida ishlash Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men hozirda xorijda Evropa davlatlaridan birida ish yuzasidan istiqomat qilaman. Shu erda bank sohasi bo‘yicha o‘qishni yakunlab, shu yo‘nalish bo‘yicha ishga kirganman. Ko‘plab manbaalarda “bank sohasida ishlash islomda harom” degan fatvolarga duch keldim. Mening ishim to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit shartnomalar bilan bog‘liq emas, lekin umumiy bank faoliyatiga aloqador, ya’ni bankka moliyaviy bozorlar haqida ma’lumot etkazib beradi. Hozirgi kunda banklarning ba’zi bo‘limlari xalqaro valyuta savdosi, yoki qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalar), xom ashyo savdosi singari riboga aloqador bo‘lmagan operatsiyalar bilan shug‘ullanadi. Lekin ma’lumki, hozirda banklarni asosiy daromadi ribodan keladi. Agar bankda riboga aloqador bo‘lmagan sohasida ishlasam ham, topadigan maoshim harom bo‘ladimi? Javobi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: - Ulamolarimiz bankda faqat riboga aloqador bo‘lmagan ishlarni qilib ishlashga ruxsat berganlar. 2-savol Tarmoqli marketinga yordam berish 22:54 / 21 dekabr | Muxiddin | 106 Assalomu alaykum! Men Dasturchi bo‘lib ishlayman. Bir firma tamorliq marketing bilan shug‘ulanadi, Dori darmon sotishadi(Mahsulotlari xarom bo‘lmagan) va uni ichida tarmoqli marketing ham bor, ularni mahsulotlaridan sotib olib ularga qo‘shiladi va o‘zi tagiga odamlarni olb kelsa, xar bir olb kelgan odamidan 10$ dan olar ekan. Menga shuning hisob kitobni yurguzadigan Dastur qilb berishmi so‘rab qoldi. Bilamiz Tarmoqli marketing shariatimizga to‘ri kelmaydi. Savolim usha dasturni yaratib berib ularga sherik bo‘lib qolmaymanmi va usha Dasturni yaratb berish uchun olgan Pulim menga xarom bo‘lb qolmaydimi? Javobi «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: – Va alaykum assalom! Yordam bermang. Gunohga yordam berish ham gunoh. Vallohu a’lam! Endi mening savolim birinchi savoldi javobida - Ulamolarimiz bankda faqat riboga aloqador bo‘lmagan ishlarni qilib ishlashga ruxsat berganlar deyilyapti, ikkinchi javobda – Va alaykum assalom! Yordam bermang. Gunohga yordam berish ham gunoh. Vallohu a’lam! Deyilmoqda. Birinchi javob bo‘yicha riboga aralashmasdan o‘sha tashkilotda boshqa ishlarni qilish mumkin hulosa olyapman. Ikkinchi javob bo‘yicha o‘sha tashkilotni qaysi bo‘limida ishlamasin durust emas degan hulosani olyapman. O‘ylashimcha o‘sha tashkilotda nima ish qilsa ham o‘sha tashkilot rivoji uchun xizmat qilgan hisoblanadi deb hulosa qilgan edim. Shu bo‘yicha bank kassasiga ishga kirishga yo‘q deb javob bergandim. Bankda qaysi sohasi qaysi bo‘limida ishlash bo‘lsa ham yaxshimas, chunki o‘sha tashkilotga qaysidir xizmati orqali yordam beryapti deb o‘ylab takrorlab kelardim. Vallohu aʼlam. Men qiynagan narsa birinchi javob bo‘yicha bankga kassa bo‘limida ishlashim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ulamolar riboga bevosita aloqasi bo‘lmasa bankda ishlasa bo‘ladi deganlar. 2). Dasturda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri gunohga yordam berish bo‘ladi. Chunki o‘sha dastur tufayli shar’an harom bo‘lgan “kompaniyaga a’zo qilish” va ulardan evazsiz keladigan daromad dasturi tuzilgan bo‘ladi. U odam o‘sha dasturni tuzib bermasa ular unday faoliyat yuritolmaydi. Birinchisida esa ularga yordam bermasa ham o‘zlari faoliyat yuritaverishadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ulamolar riboga bevosita aloqasi bo‘lmasa bankda ishlasa bo‘ladi deganlar. 2). Dasturda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri gunohga yordam berish bo‘ladi. Chunki o‘sha dastur tufayli shar’an harom bo‘lgan “kompaniyaga a’zo qilish” va ulardan evazsiz keladigan daromad dasturi tuzilgan bo‘ladi. U odam o‘sha dasturni tuzib bermasa ular unday faoliyat yuritolmaydi. Birinchisida esa ularga yordam bermasa ham o‘zlari faoliyat yuritaverishadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom