O‘g‘ilning otaga munosabati
Assalomu alaykum! Juda qiyin holatga tushib qoldim. Otam fermer bo‘lib ishlaydi. Bundan bir necha yillar ilgari 7-8 nafar odamlardan ruxsat berilib qolsa senga ham er ajratib beraman deb pul olgan ekan. Aniqrog‘i u kishilar taklif qilgan pulni olib oilaviy extiyojlar uchun ishlatgan ekan. Bundan mutlaqo behabar edim. Shu kunlarda o‘sha odamlar uyimiz atrofidan uzilishmay qoldi. So‘rasam aytmadi. Keyin bilsam shu axvol. Uyga kirgach dadamga "kimdan qancha qarz bo‘lsez ayting bor budimizni sotib bo‘lsa ham qutilaylik. Bandani qarzi uzilmaguncha jannatga kirmaydi. Iymonsiz kofirlarni qatorida bo‘ladi. Shu darajada ham pastkash bo‘lasizmi" . Deb ovozimni ko‘tarib baqirib yubordim. Yoshlikdan juda oriyatliman. Alhamdulillah shariatga qattiq amal qilishga intilaman. Bunday holatga tushaman deb o‘ylamagandim. To‘g‘risi hudodan bu kunlarni ko‘rgandan o‘limim yaxshi deb bir muddat jonga qasd haqida ham qayg‘urdim. Keyin kechasi dadamni ranjitganim uchun ollohdan kechirim so‘radim. Shu holatda o‘ylab turibman olgan pullarini qaytarmoqchiman. Ammo pul berganlar olganiga 15 yil bo‘ldi. Menga hozir bitta erning narxi qancha bo‘lsa shuncha to‘laysan deyapdi. Nima qilsam ekan. Otamga oq bo‘ldimmi. Ularning pullarini hozirgi mulk hisobida qaytarishim kerakmi. Juda afsusda va qo‘rquvdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizga noto‘g‘ri muomala qilibsiz. Rozi qilib qo‘ying. O‘sha paytda bergan pullarga necha gramm tilla keladigan bo‘lsa aniqlating va o‘shancha tillaning qiymatini qaytaring. Pul kasodga uchraganda hukm shu bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush