Ro‘zador bomdoddan keyin uxlasa
Assalomu alaykum! Bilamizki Bomdoddan keyingi uyqu makrux hisoblanadi. Ammo Ramazon oyida saharlikka barvaqt turish kerakligi, og‘iz yopib bo‘lgach birozdan so‘ng bomdodni o‘qish kerakligi uchun uyqu biroz kam bo‘lib qoladi va ishda toliqishga olib keladi. Bunda tungi uyqu 4 bordi desa 5 soat bo‘lib qoladi. Bu esa sog‘liq uchun biroz zarar. Savolim shuki ramazon oyida ham bomdoddan keyin dam olib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dam olsa bo‘ladi. Shu erda bir masalani yaxshi tushinib olish kerak. Hanafiy fuqaholari ramazon oylaridan boshqa oylarda bamdod namozini jamoat ko‘proq yig‘ilishi uchun g‘ira shiradan biroz keyinroq o‘qishga targ‘ib qiladilar. Ramazonda esa g‘ira shirada o‘qishga targ‘ib qiladilar. E’tibor bersangiz jamoatni ertaroq yoki keyinroq o‘qishi insonlarni holatini e’tiborga olib aytilgan. Albatta bu jamoatni o‘ylab aytilgan gapdir, yolg‘iz o‘quvchilar va jamoatga qatnasholmaydigan ayollar vaqti kirishi bilan o‘qib olganlari afzal. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 154 | Ro‘za