Ming taloq deb chiqib ketsa

Assalomu alaykum! Bir qarindoshim bor. Ayoli bilan qattiq janjallashgan payitda ming taloq deb chiqib ketibdi. Xozir uyga bormay boshqa joyda yashamoqda. Ayoli “nimasi u ming taloq, 3 taloq qo‘yganga tengmi yoki qaytadan nikox o‘qtirsak bo‘laveradimi” deb bilmay turibdi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobidan iqtibos:
Agar taloqni shiddat, uzunlik yoki kenglik bilan vasf qilsa yoxud uni shularga dalolat qiluvchi narsalarga o‘xshatsa, uchni niyat qilgan bo‘lsa, o‘sha, bo‘lmasa, bir boin taloq tushadi.
Agar er xotiniga: «Seni shiddatli», «qattiq», «eng katta», «eng uzun», «eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek», «mingdek taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Agar «yuz», «ming», «qum taloq qo‘ydim» desa, uch taloq tushib, uchtadan ortig‘iga gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar