Otam oq qilgan

Assalomu alaykum! Bir savol meni anchadan beri qiynaydi biz oilada 3 o‘g‘ilmiz. Mening otam yoshligimizda uydan chiqib ketkan xar joyda ishlab o‘sha joyda uylanib ozroq yashab yana boshqa joyda ketib bizdan xam uzilib ketmagandi ora surada kelib ketardi. Moliyaviy tamondan umuman ta’minlamagan. Shunday bo‘lsada xar kelganida xurmatini joyiga qo‘yganmiz otam deb. Bir safar kelganida 3 farzand birgalikda ota bo‘ldi endi bas uyga qayting butkul dedik. Orada janjal chiqdi, “uchalangni xam oq qildim” dedi. Shu vaziyatda otamizni oldida qanday vazifamiz bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz bilan janjallashib bekor qilgansiz. Qo‘pollik qilmasdan ehtiromini o‘rniga qo‘ying, duolaringizda Allohdan so‘rang. Otangizni ko‘nglini olib roziligini so‘rab qo‘ying. Ular hech narsa qilmagan taqdirlarida ham dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lganlari ehtirom qilishimizga kifoya qiladi. Noo‘rin qilingan oq ta’sir qilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar