Qalbaki dori savdosi

Assalomu alaykum! Bu maktubni yo‘llashimga xozirgi vaqtdagi mamlakatimizdagi dorixonalardagi bo‘layotgan qabix ishlar majbur qildi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, ko‘pchilik dorixonalarda inson xayoti uchun zarur bo‘lgan ya’ni agar inson shu dorini qabul qilmasa umri qisqarishi yoki vafot etishiga olib keladigan darajadagi kasalliklarga qarshi ishlatiladigan kerakli dori darmonlarning asli ko‘rinishi xuddi orginali kabi ishlangan qalbaki shakli arzonroq narxda sotilmoqda. Bu esa o‘sha dorini olib ishonib ichgan bemor sog‘ligiga naf bermagani sababli umri qisqarishi yoki vafot etishiga olib kelishi mumkin. Shifokorlarimiz xam bu dorini tayinlab foyda bermaganini ko‘rib shu dorilarga ishonchi qolmaydi. Aslida esa uni qalbaki ekanini bilmaydi. Dorixona egasiga esa ming bora aytishimga qaramay tushuntirishimga qaramay foydasi yo‘q shekilli, arzon bu deb qalbaki dori sotishda davom etishmoqda, orginali qimmat baxonasi bilan. Naxotki inson xayoti pul bilan o‘lchansa?! Men kasbim yuzasidan ko‘p xar kuni mana shunday asabbuzarlikka duch kelaman, dorixonada farmatsevtga tushuntiraman ammo faxmim tilim burro emasligi sabab etkazib bera olmayapman shekilli ularga ta’sir xam qilmayapti. Iloji boricha yaxshi muomala bilan “bu gunox, javobi bor buni, xarom bu, farzandingizga xarom luqma ravo ko‘rmang” deya tushuntiryapman, ammo befoyda. Iltiosim shuki mazkur mavzuda inson xayoti uchun zarur bo‘lgan dori darmonlarni qalbaki shaklini sotib olmaslik va sotmaslikka davat etadigan video lavxa tayyorlab Yutub kanaliga joylashtirsangizlar, bu o‘ta muxim masala. Men befarq qololmayman, chunki men va yaqinlarim va boshqa xamyurtlarimiz jumladan sizlar xam betob bo‘lmog‘imiz va shifo topmog‘imiz bor, baribir dorixonaga borib dori sotib olamiz, kalbaki dori sotib olib axvolimiz og‘irlashishidan Allohni o‘zi asrasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomat kuni ahvol juda og‘ir. Mahshar kuni insonlar qiyomatni bir kuni bizni ming kunimizga teng bo‘lgan kun bilan bir necha yillab kutib qolishadi. Ularni bu kutishlari bekatda avtobus kutib turgan kutuvchi kabi emas yoki pandemiyada bir necha oy uydan chiqmay kutish kabi emas yoki homilador ayol 9 oy bo‘lishini kutishi kabi emas. U kunda quyoshni erga yaqinlashtirib qo‘yiladi, soya beruvchi hech narsa bo‘lmaydi. Erni tep-tekis holatiga keltiriladi, insonlar ichaman desa suvi, eyman desa taomi bo‘lmaydi. O‘lay desa bir marta o‘limdan keyin boshqa o‘lish yo‘q. Shuncha kutgandan keyin ham natija do‘zax bo‘lishi yanada alamlidir. Bir necha miliard inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga muhtoj holda turishadi. Yuqoridagi siz aytib o‘tgan ishni qiluvchilar haqida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim firib, makr qilsa bizdan emas” deganlar. Arzimas mablag‘ni, dunyoni deb o‘shandek ayanchli holga kelib qolmaslik kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 189 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar