Subxana robbika robbil duosi xakida
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz: SAVOL: «Saodati abadiya» kitobida kuyidagi xadislarni ukidim. Iktibos: 2 – Sa’yd bin Mansur, Abu Shayba va hofiz Abu Ya’lolar (rahmatullohi alayhim ajmayn) bildirishgan bir hadis-i sharifda, Abu Sa’yd-i Hudriy (r.a) deydiki, “Rasululloh (sollallohi alayhi va sallam) namozda salom berish vaqti Subhona rabbika oyatini o‘qirdi”. 3 – Mashhur hadis ilmi mutaxassisi Tabaroniy deydiki, Abdulloh ibni Abbos (roziyallohu taolo anhuma) marhamat qildiki, “Rasululloh (sollallohi alayhi va sallam) namozda salom berishdan oldin Suhbona rabbika oyatini o‘qirdi”. 4 – Yana o‘sha imom-i Tabaroniy(rahmatullohi taolo alayh) aytadiki, Abdulloh ibni Zayd bin Arqam, otasidan eshitganini bildirib deydiki, “Rasululloh (sollallohi alayhi va sallam), “Biror kishi namozning oxirida uch marta Subhona rabbika oyat-i karimasini o‘qisa, etarli miqdordagi savobga erishadi”, deb marhamat qilganlar”. 5 – Xotib-i Bog‘dodiy (rahmatullohi taolo alayh) kitobida bildiradiki, Abu Sa’yd-i Hudriy (roziyallohu anhu) marhamat qildiki, “Rasululloh (sollallohi alayhi va sallam) namozda salom berganidan keyin darhol Subhona rabbika oyat-i karimasini o‘qirdi”. 6 – Hadis olimlarining buyuklaridan Hofiz Abu Ya’lo (rahmatullohi taolo alayh), «Al musnad» kitobida deydiki, “Abu Sa’yd-i Hudriy (roziyallohu anhu) marhamat qildiki, Rasululloh (sollallohi alayhi va sallam) namozda salom berganidan keyin uch marta Subhona rabbika oyat-i karimasini o‘qirdi”.Muxtaram ustoz! Keltirilgan rivoyatlarda biz doimo Kur’on tilovatidan keyin ukiydigan «Subxona robbika robbil izzati amma yasifun, vasalamun ’alal mursaliyna, valxamdu lillaxi robbil a’lamiyn» oyatining fazilatlari bayon kilingan ekan. Yukoridagi rivoyatlardan kelib chikib, savolni takdim kilsam: a) ustoz aytingchi, yukoridagi oyatni namozda salom berishdan oldin (ya’ni attaxiyyot va salovotdan keyin) va salom berib bulib xam ukisa buladimi? b) Kur’on tilovatidan keyin bu oyatni xam kushib ukib, keyin duo kilish xam yukoridagi rivoyatlar asosida yulga kuyilganmi yoki boshka rivoyatlar xam bormi? Javoblar uchun tashakkur! Xurmat va extirom bilan talabangiz Umidjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
a) Bo‘ladi.b) Boshqa rivoyatlar yo‘q.
20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 221 | Duolar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
a) Bo‘ladi.b) Boshqa rivoyatlar yo‘q.
20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 221 | Duolar