Itning zarari

Assalomu alaykum! Bizni maxallada itlar ko‘p. Ba’zi qo‘shnilar xam it boqadi. Ko‘chaga chiqsak albatta quvlaydi. Ayniqsa bolalarimni tishlab olishidan qo‘rqaman. Ularga iltimos itingizni uyda boqing desam xam ta’sir qilmaydi. Birinchi savolim qo‘shnilarga shunday ozor berishga dinimizda qanday qaraladi. O‘zimni 2yil oldin chamasi it tishlab olgan. Ko‘rsam xam yuragim orqaga tortadi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar shunchalik zarakunanda bo‘lsa, ularni o‘ldirib yuborishga shariat ruxsat beradi. Ularning it boqishlari zulm hisoblanib har bir zarracha ozorlangan odam tufayli zulmning gunohi yozilaveradi. Qo‘shnilarga berilgan zulmning gunohi yanada og‘irroq bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنِ اقْتَنَى كَلْبًا لَيْسَ بِكَلْبِ صَيْدٍ وَلَا مَاشِيَةٍ وَلَا أَرْضٍ فَإِنَّهُ يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِهِ قِيرَاطَانِ كُلَّ يَوْمٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ والْبُخَارِيُّ. وَلَفْظُهُ: مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ إِلَّا كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ov iti, chorva iti va ziroat iti bo‘lmagan itni saqlasa, albatta, uning ajridan har kuni ikki qiyrot noqis bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Buxoriy rivoyat qilganlar.
Buxoriyning lafzida:
«Kim it saqlasa, albatta, uning amalidan har kuni bir qiyrot noqis bo‘ladi. Chorva yoki ziroat yoki ov iti mustasno», deyilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:25 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar