Taxortda qiynalaypman

Assalomu alaykum! Meni bir kasallik bir necha yildan beri qiynaydi. Kasalligim havo sovusa bandanimga suv tegsa oldi avratimni chap soqqasida og‘riq paydo bo‘ladi. Xuddi nimadir teshib chiqib ketadigandek og‘riydi. Bu yil yanvar oyida davolandim va namozlarimni tayammum qilib o‘qirdim shu yil yoz o‘rtalaridan boshlab taxorat qilishni boshlagandim. O‘g‘riq yo‘q edi yaxshi edi. Ammo bir domlamiz "Katta xojat chiqsa albatta yuvish vojib bo‘ladi dedilar. Shuni eshitib mustahabni ko‘p qildim(ungacha deyarli mustahab qilmasdim) menimcha og‘riq shundan keyin boshlandi. Chunki katta hojatgayam bir kunda 3-4 marta kichigiga 10 martadan oshiq chiqaman. Taxorat o‘rtasiga etsam yo tugatishim bilan birdan qistab qoladi. Ko‘pincha qistasayam o‘quvraman chunki qishloq sharoiti sovuqda hadeb hojatga borishga erinaman. Davolanishga xech qanday imkonim yo‘q xozir. Maxsi kiyay desam ko‘pincha maxsi oyog‘imni tellatayaptida peshindan keyin oyog‘imni muzlatib yuborayapti. Nima maslahat berasizlar? Tayammum qilib o‘qiymi? Yo oyoqqa suv tekizmasdan taxorat qilish yo‘llari bormi shariatimizda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avratlarni yuvmang. Holatingizga qarab ish tutavering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 152 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar