Avval arab tilini o‘rganish kerakmi

Assalomu alaykum! Alhamdulillah men ham namoz o‘qishni boshlaganman. Lekin arabchani bilmaganim uchun ko‘p hato qilgan ekanman. Buni yaqinda arab tilini o‘rgana boshlaganimda bildim. Avval xato qilib o‘qigan namozlarimni qazosini o‘qishim kerakmi? Bitta do‘stim namoz o‘kishni boshlamokchi bo‘lsa, avval arabchani o‘rganib keyin boshlashini aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazosini o‘qimaysiz. Do‘stingiz o‘qishni boshlasin. Har kim bilganicha o‘qib, tez-tez namozini kamchiliklarini to‘g‘rilashga harakat qiladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar